Jump to content

User:Murodalikhan

From Wikipedia, the free encyclopedia

== Choch yoki Shosh viloyati == ''''''Chirchiq vodiysining serunum va obod markaziy qismiga joylashgan hozirgi Toshkent O`rta Osiyoda qad ko`targan qadimiy shaharlardan biri bo`lib, u ikki ming ikki yuz yillik tarixga ega. O`zining yigirma ikki asrlik o`tmishi davomida bu ko`hna shahrimiz tashqi boshqinchilarga qarshi olib borilgan ne-ne jangu jadallarni va ne-ne o`zaro qonli urushlar-u qo`zg`olonlarni ko`rmadi. Necha bor shahar vayron bo`ldi , yana qayta-qayta qad ko`tardi. U necha bor tiklanib qolmay, uning o`rni ham, nomi ham bir marta o`zgardi.

Xo`sh bu ko`hna shaharning ilk bor binolari hozirgi Toshkentning qaysi qismida qad ko`tardi va u qachondan boshlab “ Toshkent” nomi bilan shuhrat topdi? Bu yerda shaharsozlik madaniyatning shakllanib, rivojlanishi boisi nimada?
Afsuski bunday savollarga yozma manbalarda aniqroq javob topish mushkul. Chunki Toshkentning uzoq o`tmishi va u qad ko`targan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi ma`lumotlar yozma manbalarda juda xilma-xil hamda uzuq-yuluq tarzda qayd etilib, bir-biriga ziddir. Masalan, otashparastlarning qadimiy muqaddas kitobi “Avesto” da Sirdaryo havzasidagi viloyat “Turon”, aholisi esa “tur”lar deb yuritilgan.
Bu o`lkada tur qavmlari urug` va qabila oqsoqollaring dining va siyosiy qarorgohi Qang`(Qang`a) shahri borligi tilga olinadi. Qadimgi fors kitoblarida keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, Sirdaryodan shimolda “Sak” nomi bilan shuhrat topgan jangovar qabilalardan hisoblangan. “Saka Xaumavarka” ya`ni – zardushtiyliklarning muqaddas taomi “ xauma” tayyorlab iste`mol qiluvchi- saklar yashaganlar.
Bunday ma`lumotlarga qarama-qarshi o`laroq, qadimgi dunyo mualliflari Sirdaryoning o`ng qirg`og`ida yashagan sak qabilalari to`qayzor va tog` ungurlarida yashaganliklari va ularning diyorida shaharlarni mavjud emasligi haqida qayd etishgan. Hatto qadimgi Yunon va Rim tarixchilari Sirdaryoning o`ng sohili  bo`ylab dastlabki shaharlarning qad ko`tarishini ellinlarning shaharsozlik faoliyati bilan bog`laydilar.
Rim tarixchisi Pliniyning xabar berishicha, selevkiylar lashkarboshisi Miletlik Demodem(miloddan avvalgi III asr) uzoq shimoli-sharqda sirdaryoning o`rta oqimiga tomon harbiy yurish qilib, o`z qo`shnilari bilan Sirdaryo sohillariga yetgan va daryodan o`tib, o`ng qirg`oqda shahar barpo qildirgan ekan.