Talk:Qoʻshtepa District

Page contents not supported in other languages.
From Wikipedia, the free encyclopedia

Ta'lim tizimi[edit]

Qo'shtepa tumanida jami bo'lib 49ta umumta'lim maktabi , shuningdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligiga qarashli 1ta Ixtisoslashgan maktabi mavjud. Muhammadqodir PS (talk) 02:44, 15 September 2023 (UTC)[reply]

Tabiati[edit]

Tuman Farg‘ona vodiysining markazida, Yozyovon cho‘lida joylashgan, relyefi keng tekislikdan iborat. Shimoliy tomon pasayib boradi; daryo yoyilmalari va ularning oralig‘idagi pastliklar hamda Sirdaryoning qayir usti terrasasi, suvi qurib qolgan ko‘l botiqlari bilan soylarning o‘zanlari, qum barxanlari va tepalari uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiqroq, qishi sovuqror. Bahorda g‘arbdan shamol esib turadi. Yillik o‘rtacha temperaturasi 13,60, Iyulda o‘rtacha temperaturasi 270 eng yuqori temperaturasi 430, yanvarda o‘rtacha temperaturasi -2,20, eng past temperaturasi -230. Vegetasiya davri 220 kun. Yillik yog‘in 110-130 mm. Tuman hududi orqali katta Farg‘ona kanali (27 km), Marg‘ilonsoy, Janubiy Farg‘ona kanali oqib o‘tadi. Tuman xududi Gidrogeologik o‘rinda joylashgan. Tevarak atrofdagi balandliklardan kelgan sizot suvlari va sug‘orishdan chiqqan oqava suvlar yer osti suvini ko‘paytiradi. Sizot suvi yuza (1-1,5 m). Yer ostidagi suvli qatlamlaridan suv artizyan qudig‘i orqali chiqarib olinmoqda. Tuman xudidining katta qismini qisman sho‘rlashgan o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqlar, bazan sho‘r xok tuproqlar ishg‘ol qiladi. O‘tloqi tuproqlarda butun vegetasiya davrida namlik yetarli bo‘ladi. Janubiy qismida och bo‘z, sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi tuproqlar (chirindisi 2-4%) bor. Yovvoyi o‘simliklardan cherkez, qandim, selin, yulg‘un, qum tepalari oralig‘idagi tekisliklarda sho‘ra, lyossli – gilli yerlarda shuvoq, zovurlar ichida qamish o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, kemiruvchilar va sudraluvchilar bor. Muhammadqodir PS (talk) 02:45, 15 September 2023 (UTC)[reply]